Kasbhunar kollejlari talabalarida biologiyaga oid bilimlarni oshirish maqsadida yoshbiologlar to’garaklarini tashkil qilish
AlimovaL.X,
BuxoroDavlat Universiteti
Kasbhunar kollejlarida biologiya fanlari bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlarorasida yosh biologlar to’garagi boshqa tadbirlarni tashkil qilishda asosiyyadro sifatida bosh o’rinni egallaydi. Talabalarning qiziqishi doimiy emas: ularbiror kursni o’rganish davomida paydo bo’lib so’ngra yangilari bilanalmashinadi. Albatta hamma to’garaklar orasida bog’liqlik, ishda bog’liqlik, ommaviytadbirlar va ijtimoiy foydali ishlarda o’zaro kelishuv bo’lishi kerak. Ammoko’pincha kasb hunar kolleji talabalari o’zlarining qiziqishlari bo’yichabotanika va zoologiya bilan shug’ullanishni davom ettiradilar. Talabalarningto’garakdagi ishlariga tarbiya vositasi sifatida ham qarash lozim. Ko’pinchao’qituvchilar to’garakka talabalarni qabul qilishda eng avvalo talabalarningqiziqishlari biologiyadan yaxshi o’zlashtirishi va yaxshi intizomigaqaraydilar. Lekin eng yaxshi o’qituvchilar tajribasi ko’rsatadiki, to’garakmashg’ulotlari natijasida ulgurmaydigan talabalar biologiyaga qiziqaboshlaydilar, yomon xulqli talabalar o’zlarini ancha yaxshi tutadiganbo’ladilar. To’garakda har bir talabaning individual mustaqil, ijodiy vama’suliyatli ishini, ijtimoiy ish bilan uyg’unlashtirish muhimdir. Binobarin, to’garakishi shunday tashkil qilinishi kerakki, talabalar biologiyaning har bir sohasibo`yicha reja asosida mustaqil tajribalar, kuzatishlar o`tqaza olishi,mikroskop bilan ishlash texnikasinini o`zlashtirishlari kerak.
Umumanbiologiyadan to’garakda o’smir yoshidagi talabalar fanga, tabiatga, jamiyatga munosabatnitarbiyalaydigan dunyoqarash xarakteridagi mavzular ayniqsa muhim vaqiziqarlidir. Shu munosabat bilan quyidagicha: ”Yer va insonning uzoqo’tmishiga sayohat” (planetamiz qiyofasining o’zgaruvchanligi, qadimgi insonhayoti haqida), ”Buyuk tabiatshunos olimlar” (ilmiy izlanish haqida), ”Tirikhujayra biologiyasi”, ”Ta’sirlanish sirlari”, ”Mendel qonunlari”, ”Tabiatdaoziqlanish zanjiri”, ”Botanika va uning kelajagi”, ”Dunyo okeanlarinitekshirish”, ”Kosmik biologiya”, ”Geogigiena“, ”Biosferani himoya qilish”kabilar tavsiya qilinishi mumkin.
Bumavzularning ko’pchiligi, faqatgina o’qilgan kitoblar asosida tayyorlanganmateriallarni qamrab olmay, balki talabalarnimg tabiat tirik burchagida yokiuyda o’tkazgan tajribalarini ham o’z ichiga oladi; masalan, akvariumda suvostida va quruqlikda o’qbargni o’stirishda uning o’zgarishi, yorug’likningtradeskansiya rangiga ta’siri; payvandlar; har xil yorug’lik – filtratlarta’sirida baliqlar pigmentatsiyasining o’zgarishi, motam kapalaklar g’umbagirangining past temperatura ta’sirida o’zgarishi; Darvinnig yomg’ir chuvalchangiustida olib borgan tajribalari; yomg`ir chuvalchanglarida regeneratsiyahodisasi; oksolotlning amblistomaga aylanishi; mayda hayvonlarni chatishtirishtajribalari. Mikroskop bilan ishlash, kinofilmlar ko’rish ham bo’lishi hammumkin.
Qishloqxo’jalik ishlab chiqarishiga yaqin kasb hunarkollejlarida to’garak a’zolariningqiziqishi qishloq xo’jalik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan masalalarga“O’simliklar va hayvonlar seleksiyasi”, ”Madaniy o’simliklarning yangi navlari”mavzulari bo’yicha joylardagi tajribalarga qaratilishi mumkin. Mavzu bo’yichaish quyidagicha olib borilishi tavsiya qilinadi. Yakunlovchi konferensiyadamavzular bo’yicha alohida tartib va ma’lum tantanaga rioya qilinadi. Bularninghammasi tarbiyaviy ahamiyatyga ega.
Tajribaishlar natijalari maqolalar tarzida bayon qilinishi mumkin. Ulardan qo’lyozmaholidagi jurnal tuziladi. Davomiyligi botanika va zoologiyadan 1-1.5 oygacha,odam va uning salomatligidan hamda umumiy biologiyadan 2 oy va undan ortiq bo’lmaganumumiy mavzu bo’yicha ishdan keyin talabalar boshqa umumiy mavzu bo’yichaishlashga o’tadilar.
Ishshunday tashkil etilganda yosh biologlar har biri mustaqil ishlab shu vaqtningo’zida umumiy mavzu masalalarini hal etishda ham ishtirok etadilar, buto’garakning barcha ishlarni sistemali, tugallangan rejali bo’lishinita’minlaydi. Bunday ishlar yosh biologlarni birlashtirishga va mustaqilizlanishga chorlaydi hamda tabiat va undagi jarayonlarni ongli ravshdaanglashga yordam beradi.
Ijtimoiyko’nikmalarini rivojlantirish uchun to’garak ishlarini, boshqa maktab yoshbiologlar to’garagi ishlari bilan bog’lash: tajriba almashish bo’yicha suhbat, birgalikdakechalar uyushtirish, ko’rgazma, ekspeditsiya o’tkazish mo’ljallanadi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. G‘ofurovA.T. va boshq. Biologiya о‘qitishning umumiy metodikasi. TDPU-2005y.
2. Tolipova J.O.Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalar. O`quv qo`llanma. Toshkent2004.